Asosiy qismga oʻtish

14 KUN BEPUL

Biznesingizni nazorat qiling

Har bir qoʻngʻiroq yoziladi va saqlanadi. Barcha operatorlar suhbati telefoningizda — hech bir mijoz chetda qolmaydi.

YECHIM

Istalgan mijoz bilan suhbatni topish imkoni bor — istalgan joyda, istalgan vaqtda

Operator gaplashadi

Kiruvchi va chiquvchi har bir qoʻngʻiroq avtomatik yozib olinadi. Operator hech narsa bosmaydi.

Tizim saqlaydi

Sana, vaqt, raqam, operator, davomiylik va yozuvning oʻzi — hammasi bitta kartada turadi.

Siz koʻrasiz

Sana, operator yoki raqam boʻyicha filtrlab, kerakli suhbatni bir necha soniyada topasiz.

HAR QAYERDA

Ofisda boʻlish shart emas — internet boʻlsa boʻldi

Telefoningizdan kirasiz, bugungi qoʻngʻiroqlarni koʻrasiz, istalganini bosib eshitasiz. Yoʻlda, uyda, boshqa shaharda — farqi yoʻq. Kompyuterdan ham xuddi shunday ishlaydi.

ROLLAR

Kim nimani koʻradi

Qoida sodda: operator faqat oʻz qoʻngʻiroqlarini koʻradi, siz hammasini koʻrasiz.

ROLNIMANI KOʻRADI
OperatorFaqat oʻz qoʻngʻiroqlari. Bitta oddiy ilovada ishlaydi.
SupervizorKompaniyaning barcha qoʻngʻiroqlari va hisobotlari. Navbatlar va qoʻngʻiroq guruhlarini sozlaydi.
DirektorHamma operator, hamma qoʻngʻiroq. Hisobotlar.
AdministratorTizim sozlamalari: foydalanuvchilar, raqamlar va huquqlar.

Yozuvlar nazoratda

Suhbat yozuvi — shaxsiy ma’lumot. Yozuvlarni faqat siz ruxsat bergan xodimlar eshitadi.

Tez kunda Kim qaysi yozuvni tinglagani jurnalda qoladi, yozuvni oʻchirish huquqi esa faqat administratorda boʻladi.

TOʻLIQ TARIFTez kunda

Yuzta suhbatni eshitishga vaqtingiz yoʻq

Tez orada Toʻliq tarifda tizim suhbatni matnga oʻgiradigan va nima boʻlganini qisqa qilib yozib beradigan boʻladi.

Suhbat matni Tez kunda

Butun suhbat matn koʻrinishida — eshitmasdan oʻqib chiqasiz.

Qisqacha mazmun Tez kunda

Mijoz nima soʻradi, operator nima javob berdi, suhbat nima bilan tugadi — bir necha jumlada.

Matn ichidan qidiruv Tez kunda

«Kafolat» soʻzi aytilgan hamma suhbatni bir zumda topasiz.

Sifat bayroqlari Tez kunda

Tizim muammoli suhbatlarni oʻzi belgilab qoʻyadi.

Qanday bayroqlar qoʻyiladi Tez kunda

Operator qoʻpolligiBaland ohang, mijozning gapini boʻlish, istehzo
Quruq va’da«Qayta qoʻngʻiroq qilaman» deyilgan, lekin eslatma qoʻyilmagan
Mavzudan chiqishSuhbat ish mavzusidan uzoqlashgan
Status mos emasOperator «potensial» deb belgilagan, lekin mijoz aniq rad etgan

Operator statistikasini chiroyli koʻrsatish uchun status «boʻyab qoʻyilsa», tizim buni ochib beradi.

Matn yuz foiz aniq chiqmaydi — telefon audiosi sifatsiz boʻladi. Shuning uchun jiddiy qarorlarda asosiy dalil baribir audio yozuv boʻlib qoladi.

Oxirgi qaror har doim sizda qoladi. Tizim status qoʻymaydi — faqat belgilaydi va e’tiboringizni tortadi.

TARIFLAR

Ikki tarif

Farq bitta narsada: tizim suhbatni siz uchun oʻqib beradimi yoki yoʻqmi.

ASOSIY TARIF

Nazorat

Suhbatlarni oʻzingiz eshitib nazorat qilasiz.

  • Barcha qoʻngʻiroqlar yoziladi
  • Telefon va kompyuterdan eshitish
  • Statuslar, izohlar, eslatmalar Tez kunda
  • Mijoz tarixi Tez kunda
  • Rollar va huquqlar
  • Hisobotlar
Narxni bilish
AI TAHLIL BILANTez kunda

Toʻliq

Tez orada tizim suhbatlarni oʻqib, muammolarini koʻrsatib beradigan boʻladi.

  • Nazorat tarifidagi hammasi
  • Suhbat matni Tez kunda
  • Qisqacha mazmun Tez kunda
  • Matn ichidan qidiruv Tez kunda
  • Sifat bayroqlari Tez kunda
Narxni bilish

Ikkala tarif ham 14 kunlik bepul sinovdan boshlanadi

Karta kerak emas — yoqmasa, hech qanday majburiyat yoʻq

Uch qadamda boshlanadi

QADAM 01

Zayavka qoldirasiz

Qoʻngʻiroq qilib, tizim qanday ishlashini koʻrsatamiz va narxni aytamiz.

QADAM 02

Ulaymiz

Texnik tomonini oʻzimiz bajaramiz: raqam beramiz yoki hozirgi raqamingizni ulaymiz. Operatorlar bitta oddiy ilovada ishlaydi.

QADAM 03

14 kun sinab koʻrasiz

Yoqsa davom etamiz. Yoqmasa — hech qanday majburiyat yoʻq.

SAVOLLAR

Tez-tez soʻraladigan savollar

Mening telefon raqamlarim oʻzgaradimi?

Shart emas. Hozirgi raqamingizni ulab berishimiz mumkin — buni zayavkadan keyin birga koʻrib chiqamiz. Yangi raqam kerak boʻlsa, oʻzimiz beramiz.

Operatorlar yozib olinayotganini bilishadimi?

Ha. Va bu toʻgʻri — bilishgani ish sifatini oʻz-oʻzidan oshiradi.

Nechta operator ulasam boʻladi?

Zayavkada nechta operator kerakligini aytasiz — tizimni va narxni shunga qarab kelishamiz.

Yozuvlar qayerda saqlanadi?

Himoyalangan serverda. Faqat siz ruxsat bergan xodimlar kira oladi.

Sinov paytida qaysi raqamdan ishlaymiz?

Sinov uchun raqamni oʻzimiz beramiz. Operatorlaringiz u orqali haqiqiy qoʻngʻiroqlarni qabul qiladi va amalga oshiradi.

Qancha vaqtda ishga tushadi?

Zayavkadan keyin bogʻlanib, aniq muddatni kelishamiz.

14 kun bepul sinab koʻring

Zayavka qoldiring — qoʻngʻiroq qilamiz, tizimni koʻrsatamiz va narxni aytamiz.

Yoki toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻngʻiroq qiling:
+998 78 122 91 46

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.